Get Mystery Box with random crypto!

RUHIM Vujud deganlari asli nimadir? Dayr dengizida yurgan kema | КУЛИНАРНАЯ ШКОЛА «НА ЗДОРОВЬЕ!» | ЖАННА САДКОВА

RUHIM
Vujud deganlari asli nimadir?
Dayr dengizida yurgan kemadir.
Bir kun bir qoyaga urilgay kema,
Ruhim, sen vujudni g’amini yema.
Yuksak fazolarda aylagil parvoz,
Senda na ohang bor va na bor ovoz.
Senga na bo’ronlar kor qila olur,
Seni na yo’qotib, bor qila olur.
Sen misli kamalak — yuksak va so’lmas,
Kamalakni esa parchalab bo’lmas.


Abdulla Oripov
#poems