Get Mystery Box with random crypto!

Bir zolim odam yomonlikdan qaytishni ixtiyor etib, bir kuni sa | Hazratnavoi.uz

Bir zolim odam yomonlikdan qaytishni ixtiyor etib, bir kuni saharda ibodat qilib oʻtirsa, roʻparasida farishta paydo boʻlib debdiki:
— Yomonliklaring uchun Alloh senga jannatni ravo koʻrmadi. Lekin qilayotgan ibodatlaring evaziga jannatdan boʻlak nimani soʻrasang, beriladi.
— Agar jannat menga harom qilingan boʻlsa, — debdi zolim odam, — ibodatlarim uchun soʻraganim ijobat qilinsa, soʻrovim shuki, Alloh meni shu qadar bahaybat odamga aylantirib qoʻysinki, mendan boshqa hech kim doʻzaxga sigʻmasin.

Tohir Malik

@hazratnavoi_uz расмий саҳифалари:
Telegram | Instagram | FaceBookv