Get Mystery Box with random crypto!

Xatmi Qurʼonga marhabo! Bugun, 2023 yil 17-aprel kuni, «Shayx | Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф мажмуаси

Xatmi Qurʼonga marhabo!

Bugun, 2023 yil 17-aprel kuni, «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jomeʼ masjidida xatmi Qurʼon bo‘lib o‘tadi. Barcha yurtdoshlarimizni unda ishtirok etib, xatmi Qurʼon duosidan bahramand bo‘lishga taklif etamiz.

Azizlar, xatmi Qurʼondan keyingi duolarning ijobati, Qadr kechasidagi tavba-tazarrularning qabul bo‘lishidan umidvor bo‘lgan holda, chin qalbdan, xolis duolar bilan yurtimizga, butun dunyoga tinchlik-xotirjamlik tilaylik, barcha ezgu tilaklarimizni so‘rab, Alloh taologa yolvoraylik.

Qurʼon xatmonasi Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Alloh taolo Ramazon oyida qilingan barcha toat-ibodatlarni, xatmi Qurʼonlarni husni qabul aylab, duolarimiz ijobat bo‘lishini nasib etsin!

Qurʼon xatmonasi islom.uz portalining ijtimoiy sahifalari orqali onlayn efirga uzatiladi.

Jonli efir

@islomuz