Get Mystery Box with random crypto!

Sardorlar Zakovatchi harbiylar bilan birga. O‘zbekiston yos | Hazorasp sardorlar / Лидеры Хазораспского района

Sardorlar Zakovatchi harbiylar bilan birga.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi tomonidan Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya bilimdoni” mavzusida viloyatda joylashgan kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari o‘rtasida zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. O‘yinda Xorazm viloyati Sardorlar kengashi a'zolari ham ishtirok etib harbiy muassasalardagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Murosasiz bahslarga boy oʼtgan intellektual oʼyin yakunlariga koʼra:

3-o‘rinni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismning “Vatanparvarlar” jamoasi;

2-o‘rinni Aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash bataloni 7260-harbiy qismning “Lochinlar” jamoasi;

1-o‘rinni Ichki ishlar vazirligi Xorazm Akademik litseyining “Adolat” jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarga viloyat Kengashi tomonidan diplom, faxriy yorliq va kitoblar jamlanmasi topshirildi.

@Kamalakbt_uz