Get Mystery Box with random crypto!

Hammaga keng bu olam. Menga tordek bo'lyapti. Har kuni hafa on | Hazil She‘rlar

Hammaga keng bu olam.
Menga tordek bo'lyapti.
Har kuni hafa onam.
"Uylanasan" deyapti.

Onam har kuni qiz topar.
Uchrashuvlar avjida.
Ko'plari og'zim yopar.
Yaxshilari kam juda.

Sochi uzun o'rilgan.
Qolmabdi atlas kiygan.
Hammasi soch bo'yagan.
Yengi yo'q, kalta kiygan.

Bir qarich tillari-yu.
Yarim qarich yupkasi.
Hammayoqi lang ochiq.
Yo'q ediyo-v koftasi.

Med kallejni bitirgan.
Och bo'riday qutirgan.
Qilgan ishlari buni.
Basharasiga "urgan".

t.me/+enP7uwNS2ic2NzAy