Get Mystery Box with random crypto!

💙بلدي البحر

Telegram kanalining logotibi hayotnoma_5 — 💙بلدي البحر ب
Telegram kanalining logotibi hayotnoma_5 — 💙بلدي البحر
Kanal manzili: @hayotnoma_5
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 97
Kanalning ta’rifi

Dunyo deb atalgan chirigan ipga,
Qancha orzularni qo'shib bog'ladik...
💙
بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم.

"...ogoh bo'ling, Allohni eslash bilan qalblar orom oladi" ( Ra'd,28 )

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-15 06:31:42
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

     «Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:
   «Ikki so'z tilga yengil, tarozida og'ir, Rohmanga suyuklidir:
   «Subhanallohi va bihamdihi», «Subhanallohil aziym», dedilar».

   Ikki shayx ( Imom Buxoriy va Imom Muslim) va Termiziy rivoyat qilishgan.



https://t.me/hayotnoma_5
70 viewsMardona Abdurazzakovna, 03:31
Ochish/sharhlash
2023-01-14 17:36:59
Shuaro 62-oyat
إِنَّ مَعِيَ رَبِّي سَيَهْدِينِ

“Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur”
71 viewsDildora , 14:36
Ochish/sharhlash
2023-01-14 14:59:24
Hikmat

Yoshi ulug' tanishlarimdan biri otasi haqida shunday deydi: "Otam rahmatli juda taqvodor, Allohdan qo'rqadigan, biz farzandlariga yaxshi tarbiya bergan, haqiqiy komil inson edi. Ba'zan Allohga yig'lab iltijo qilib: "Parvardigorim, negadir mening  bolalarimga tashvish, muammolarni yubormayapsan. Men va farzandlarimni sinovlaring bilan yo'qlamayapsan. Nahotki, bizni o'z holimizga tashlab qo'ygan bo'lsang?" der edi.
Biz esa: "Otajon, nega bunaqa deysiz? Axir farovon, to'kis, muammosiz yashash mazza-ku!" deya xafa bo'lardik.
Otam: "Bolam, odam bolasi qiyinchiliklat va tashvishlar bilan poklanadi, Allohga yaqin bo'ladi. Hamma ishi joyida, beg'am yashayotganlarning oxiri og'ir sinov bo'ladi. Men sizlarga oxiri og'ir sinovni emas, oxiri xayrli, rohat-farog'at bo'lgan taqdirni istayman", der edi.

"Iymon va huzun" kitobidan.


https://t.me/hayotnoma_5
66 viewsMardona Abdurazzakovna, edited  11:59
Ochish/sharhlash
2023-01-13 18:41:19
Moʻminning alomati oltitadir:

1. Allohni zikr qilgan vaqtda faxrlanadi.
2. Nafsini zikr qilsa, oʻzini past tutadi.
3. Allohning oyatlariga nazar solgan vaqtda ibratlanadi.
4. Biror gunoh yoki shahvat chulgʻab olsa, oʻzini toʻxtatadi.
5. Allohning afv qilib kechirishini zikr qilgan vaqtda shod boʻladi.
6. Gunohlarini zikr qilgan vaqtda istigʻfor aytadi.

Istigʻfor - bizni gunohlarga gʻarq boʻlishdan qutqarib qoluvchi kemadir.
https://t.me/hayotnoma_5
62 viewsMardona Abdurazzakovna, 15:41
Ochish/sharhlash
2023-01-11 19:08:14
Sen boʻl, so'nggisi boʻl, soʻngsiz bo'l!

Ilk muhabbatimsan! Oxiring yo'q, avvaling gʻoyib bo'lgan. Bo'lmagan emas, boshqalar ham boʻlgan, ammo sen tufayli barchasi yo'q boʻldi.
Sen xatolarim koʻrsatgan haqiqatsan, oldingilar sudrab kelgan huzur yoʻlisan.
Koʻnglimga yogʻgan sevgi yomgʻirisan, har tomchingdan ishqim shifo topyapti!
Bolaligimsan! Samimiyatim, ta'rifsiz baxtiyorligimsan. Koʻpiga hojat yoʻq, borining ichida sen boʻlsang, kifoya.

Sen sevgilim deya yozilib, jufti halolim deya o‘qilasan. “Bu dunyo bizga yetarli emas” deganim — jannatdagi yo‘ldoshimsan.



https://t.me/hayotnoma_5
72 viewsMardona Abdurazzakovna, edited  16:08
Ochish/sharhlash
2023-01-11 18:27:21
Amin Boʻl Yolg'iz Emassan. Balki Sajdasiz,
Obdastasiz, Balki G'aribsan,
Ammo Yolg'iz Emassan. Chunki Bir Sohibing Bor,
Seni Yoʻqdan Bor Qilgan, Jon Bergan,
Rizqingni Berib,
Zikringni Kutgan Biri. Senga Alloh Yetar,
Sen Kimsasiz Emassan...




https://t.me/hayotnoma_5
66 viewsMardona Abdurazzakovna, edited  15:27
Ochish/sharhlash
2023-01-11 09:28:40



https://t.me/hayotnoma_5
74 viewsMardona Abdurazzakovna, edited  06:28
Ochish/sharhlash
2023-01-11 08:57:40
Ne'matli kelin bo'lsa, uning maxri shukurdir...

https://t.me/hayotnoma_5
62 viewsMardona Abdurazzakovna, edited  05:57
Ochish/sharhlash
2023-01-10 19:39:30
Bizning davrlarda Umarni yigʻlatishdan ham oson ish yoʻq edi. Huzuriga borib: “Ey Umar, Allohdan qoʻrqqin!” deyilsa, bas, u saqoli hoʻl boʻlgunga qadar yigʻlayverardi.

......


https://t.me/hayotnoma_5
65 viewsMardona Abdurazzakovna, edited  16:39
Ochish/sharhlash
2023-01-10 09:25:12
Uyal! Ey inson uyal! Toshdan gul unsa-yu, yuragingdan mehr unmasa…


https://t.me/hayotnoma_5
64 viewsMardona Abdurazzakovna, edited  06:25
Ochish/sharhlash