Get Mystery Box with random crypto!

'Yaxshi ko'raman seni!' – jumlasining ma'nosi: Yer yuzi senga | Ne boʻlsa bu qismat

"Yaxshi ko'raman seni!" – jumlasining ma'nosi: Yer yuzi senga tor bo'lganda,
men senga qanot bo'laman,
yuklaring og'ir bo'lganda,
men senga yelkadosh bo'laman,
o'zligingni yo'qotib qo'ysang,
inkor qila olmaydigan vataning bo'laman,
seni mahzunlik quyoshi kuydirganda,
senga soya soladigan bulut bo'laman, gapirmasang-da qalbing ovozi
menga yetib keladi,
qo'llarim yiqilayotganingda doimo
seni tutishga urinadi,
yiqilib tushsang mening qo'llarim senga
birinchi uzatiladigan qo'llar bo'ladi,
sening saodating mening maqsadim,
sening kulgularing menga mukofot,
sening xafaligingda sherik bo'lganimdek xursandliginga ham sherik bo'laman,
sherik bo'lsak, xursandchiligimiz yanada ortadi, mahzunligingni bo'lishsak u kichrayadi,
dunyodagi barcha narsa ikkiga bo'linadi,
ammo biz emas.
Biz "biz" – deb ataluvchi bitta shaxsmiz!" – deganidir!