Get Mystery Box with random crypto!

muhabbat Bir kuni Rasululloh sallollohu alayhi va sallam Bil | Ne boʻlsa bu qismat

muhabbat

Bir kuni Rasululloh sallollohu alayhi va sallam Bilol roziyallohu anhuni orqa tarafidan sezdirmasdan mahkam quchoqlab oldilar.

Shunda Bilol roziyallohu anhu:
— Kim bu? Abu Bakr, sizmi? Umar, yoki sizmisiz? Ha, bildim, Usmon, sizmi bu? — dedilar.

Shundan so‘ng Rasululloh sallollohu alayhi vasallam:
— Ey Bilol, bu men ekanligimni nahot bilmadingmi? — dedilar.

Bu savolga esa Bilol roziyallohu anhu:
— Yo Rasululloh sallollohu alayhi vasallam, bu siz ekanligingizni boshidayoq bilgandim, lekin biroz ko‘proq quchoqlab turishingizni xohladim, — deb javob berdilar..)