Get Mystery Box with random crypto!

Sevdim... Poyiga gullar to'kdim...! Bu unga qiziq bo'lmadi. Ke | Hayotiy

Sevdim...
Poyiga gullar to'kdim...!
Bu unga qiziq bo'lmadi.
Keyin o'zim uning poyiga tiz cho'kdim.
Men endi uning nazdida qulga aylandim,oqibat u mendan zerikdi...
Tark etdi...
...Sevishdan to'xtadim...
...Ibodat qildim,har kun ibodatim egasiga besh bor tiz cho'kdim.
Oqibatda bu qullik sabab boshimga toj kiydirishdi.Tomirlarimda chayqalib oqayotgan qonni-da qaynatib yuboradigan otash bilan o'ynashib qo'ydim.
Qara, bu holimga....
...sen meni o'zingdan yuz karra kichik sanagan bu olovkorning holiga.
Yer-u ko'kka sig'magan Alloh mening kichkina qalbimga sig'di...

Endi aytchi?
Sen qaysi ishq bilan yuragimni torlikda ayblading...?!

@hayotiyuzb