Get Mystery Box with random crypto!

'Seni unutishga jur'atim yetmaydi...' Farishtam... Bilmadim, | 🌹Hayotiy Hikoyalar🌹

"Seni unutishga jur'atim yetmaydi..."

Farishtam... Bilmadim, seni bunday atashga haqlimanmi? Lekin shunday aytaveraman. Chunki bu so'z hijron-u alam o'tida yonayotgan yurakning hovurini oz bo'lsa-da, pasaytiradi. Farishtam, farishtam, farishtam! Esingdami, seni shunday chaqirar edim. Ha, chaqirar edim. Endi-chi?

Seni yana bir bor shunday chaqirish nasib etarmikan? Seni ko'rmaganimga ham uch bahor bo'libdi. Bu yillar ichida o'zimni o'zim ayblab yashadim. Bu dunyoda faqat men va sening kuygan dilga malham bo'lguvchi suratlaringgina bor, xolos. Unutmoqchi bo'laman, suratingdan kechmoqchi bo'laman. Ammo... Shu ammo borki bunga mening jur'atim yetmaydi. Bu ojiz yurak bunga dosh berolmaydi. Surating birla bo'lsa-da, o'z xayollarimda sen bilan yashashni afzal bilaman. Yashashda davom etaman. O'z dunyomda... Sening go'zal chehrangga termilib...


༺༻✦༺༻✦༺༻
ДУСТЛАРИНГИЗГА ХАМ УЛАШИНГ...

@hayotiy_hikoyalari
https://t.me/joinchat/AAAAAFHXO92RDF2oXVdTtA