Get Mystery Box with random crypto!

Muqaddas kitoblar, ilohiy kitoblar — muayyan dinda muqaddas va | Hayot falsafasi📝📕📚

Muqaddas kitoblar, ilohiy kitoblar — muayyan dinda muqaddas va ilohiy hisoblanadigan kitoblar

Buddaviy dinida – Tripitaka;
Hinduiy dinida – Vedalar va upanishadlar;
Xristian dinida – Bibliya (Muqaddas kitoblar to'plami);
Yahudiy dinida – Tavrot;
Islom dinida – Qurʼon shunday kitoblardan hisoblanadi.

Muhammad alayhissalom taʼlimotiga koʻra, Alloh oʻtgan paygʻambarlarning baʼzilariga sahifalar, baʼzilariga esa kitoblar nozil qilgan. Ular 100 sahifa va 4 kitobdan iborat. 100 sahifadan 10 sahifani Odamga, 50 sahifani Shisga, 30 sahifani Idrisga, 10 sahifani Ibrohimga yuborgan. Musoga Tavrotni, Dovudga Zaburni, Isoga Injilni va Muhammadga Qurʼonni nozil qilgan. Qurʼondan boshqa Muqaddas kitoblar va sahifalar bir yoʻla bir dafʼada nozil qilingan, deb hisoblanadi. Qurʼon Jabroil orqali 23 yil mobaynida oyat-oyat, sura-sura shaklida yuborilgan. Diniy aqidaga koʻra, Alloh bandalarining ruhiy va moddiy ahvollarini yaxshi bilgan holda har bir payg'ambarga uning ummatlariga munosib hukmlar bayon etilgan kitob va sahifalar yuborib turgan. Ular oʻz davrida ummatlar uchun hidoyat manbai boʻlgan. Islom taʼlimoti boʻyicha, Qurʼon Allohning "qiyomat"gacha hukmi oʻzgarmaydigan, tillarda va dillarda saqlanib qoladigan kitoblaridandir.

Ushbu ma'lumot sizga foydali bo'lgan bo'lsa, yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang.

@hayotiy_fikrlarr
Bizni kuzatishda davom eting