Get Mystery Box with random crypto!

Amir Temur haqida qiziqarli fakt Muarrixlarning (tarixchi) yo | Hayotiy faktlar

Amir Temur haqida qiziqarli fakt

Muarrixlarning (tarixchi) yozishicha, harbiy ilmida tengsiz sarkarda Sohibqiron Amir Temur shatranj o‘ynashni yaxshi ko‘rgan. Hatto unga qanoat qilmay bu o‘yinning murakkab turini o‘ylab topadi va unga «Shatranji komil» yoki «Shatranj al-kabir» deb nom beradi.

Bir kuni Amir Temur ana shu 112 katakli taxtada mulozimlari bilan dona surib o‘tirganida choparlar unga ikkita quvonchli xabarni keltirishadi. Birinchisi, o‘g‘il farzand ko‘rgani, ikkinchisi esa Sayxun bo‘yida qurdirayotgan shahari bitgani haqida edi. Hukmdor bu ikki xushxabarni raqibiga endigina rux bilan shoh bergan payti eshitgani bois o‘g‘liga Shohrux, shaharga esa Shohruxiya deb nom beradi.

Dóstlarga ham ulashing

@HAYOTIY_FAKTLAR_KANALI