Get Mystery Box with random crypto!

​​Yo Alloh!  Bizga rahmating eshiklarini, rizqing xazinalarin | 𝑯𝒂𝒚𝒐𝒕𝒅𝒂𝒈𝒊 𝑯𝒂𝒚𝒐𝒍𝒍𝒂𝒓💭💌

​​Yo Alloh! 

Bizga rahmating eshiklarini, rizqing xazinalarini, bandalaring qalblarini ochgin. O‘zingdan boshqa birortaning qo‘liga hojatimizni tushirib qo‘ymagin!

Yo Alloh! 

Bemorlarimizga shifo, qarzdorlarimizga najot bergin, mushkuli borlarning mushkulini oson, hojatmandlarning hojatini ravo qilgin, musofirlarning safarlarini bexatar, o‘zlarini istiqomatda bardavom qilgin. 

Yo Alloh! 

Farzand talabidagilarga ko‘zlarini quvontiradigan zurriyodlar, ilm talabidagilarga foydali ilm bergin, oila qurmoqchi bo‘lganlarga solih-soliha juftlarni ro‘baro‘ qilgin.

Yo Alloh! 

Bizni to‘satdan azoblamagin.  
Gʻaflatga botgan paytimizda jonimizni olmagin. 
O‘limimizdan oldin bizga gunohlarimizdan tavba qilib olishimiz uchun muhlat bergin. 
Xotimamizni go‘zal qilgin. 

Yo Alloh! 

Yo‘qotganlarimizni mag‘firat etgin. Ajrlarini ko‘paytirib bergin. 
Xatolarini o‘chirib yuborgin. 
Qabrlarini nurga to‘ldirib, jannat bog‘laridan bir bog‘cha qilgin.

Yo Alloh! 

Duolarimizni farishtalarning duo qiladigan paytlariga moslashtirib qo‘ygin va ijobat qilgin.


@Rumiy_Aforizmlari / Ma'nolarning tuganmas jilosi