Get Mystery Box with random crypto!

Xalq, hamma joyda vahima, ertaga o'sha anomal sovuq oqim kirib | 𝐻𝑎𝑦𝑜𝑡𝑖𝑖𝑚 𝑘𝑢𝑛𝑑𝑎𝑙𝑖𝑔𝑖📝✍︎

Xalq, hamma joyda vahima, ertaga o'sha anomal sovuq oqim kirib kelishni boshlaydi, ta'lim muassasalari ham yopiq, ko'pchilik uyda, oilasi bilan birga.
20 yildan beri o'zbek xalqi bunday sovuq ob-havoni boshidan o'tkazmagan degan gaplar ham bo'lyapti, bilmadim, lekin hammasi yaxshi bo'ladi. Qanday qilib sovuqotmaslik mumkin o'zi, inson o'zini iliq saqlashi uchun nimalar qilishi mumkin, shularni sizlarga o'rgataman:

1. Issiq suyuqliklar iching. Issiqqina ko'k choy, qora choy, kakao, kofe) sovuq gazli ichimliklardan voz kechib turish kerak.

2. Paypoqlar yaxshi, ikkita bo'lsa yanada yaxshi. oyoqdan sovuq birinchi o'tadi, bilasiza.

3. Iloji bo'lsa ko'rpani tagidan turmang, ko'rpani tagiga hamma sharoitchani qilvolib, telefon, zaryadchik, kompyuter, netflix, pechenyelar, kofe. Hammasini iloji bor.  uydagilarga aytsangiz martgacha uyg'otishmaydi sizni.
(Yo'q o'rtolar, bitta narsani ilojisi yo'q ekan baribir, unga tashqariga chiqmasangiz bo'lmas ekan )

4. Quchoqlang. Pingvinlar esingizdami? Sovuq otishsa bir biriga yaqin kelib turib oladi, siz ham ko'proq yaqinlaringizni, oila a'zolaringizni quchoqlang, shunda iliqroq his qilasiz.

5. Quyoshni sog'inadiganlar uchun, quyoshni rasmini chizib devoringizga ilib qo'ying yoki telefoningiz ekraniga qo'yib qo'ying. Tog'ri bu tanangizga issiqlik bera olmaydi, lekin miyyangiz shunday signal yuboradi, ongingizda xuddi quyosh sizga yaqindek, iliqlik berayotgandek tuyuladi.

Ana shunaqa gaplar.
Sovuqotmang.
Postni ulashing.

@hayotiim_kundaligi