Get Mystery Box with random crypto!

Erkaklar ko‘pincha ayollardan noliydilar. Ayol kishining qalbi | HAYOT MOTIVATSIYASI

Erkaklar ko‘pincha ayollardan noliydilar. Ayol kishining qalbini tushunish qiyin deb, hasrat qiladilar. Nachora, pinhon narsani tushunish hamisha mushkul bo‘ladi. Sirli narsani bilish hamisha mashaqqatli bo‘ladi. Buning uchun ayol kishi aybdor emas. Qiz bola sirlarini pinhon saqlamay nima qilsin? Aslini olganda hamma narsaning pinhoni oshkorasidan ko‘ra kuchliroq bo‘ladi. Balki shuning uchun ham qiz muhabbati yigit mubabbatidan kuchliroq bo‘lsa ajab emas.

"Nur borki, soya bor"
O‘.Hoshimov
@Ansor_nur