Get Mystery Box with random crypto!

Ogʻir bir musibatni, yoki qandaydir bir qiyinchilikni boshdan | H A Y O T | ✨🫀

Ogʻir bir musibatni, yoki qandaydir bir qiyinchilikni boshdan kechirayotgan insonni sabrsizlikda ayblab hadeb nasihat qilavermang, uning oʻzi ham biladi bularning vaqtinchalik ekanligini, unga sinov sifatida ushbu dard berilganini...
Unga bir yelka boʻling dardini tinglang, holini soʻrang, qalbing nimalarni his qilyapti menga qalbingni och deng...
Bilaman senga qiyin ahvolingni tushinib turibman, sen judayam kuchlisan hammasini tabbasum ila yengib oʻtishingga men ishonaman, kun kelib hali oʻzing ham anglab yetmagan baxtlar kutmoqda seni hali shunday kunlar keladi, hozir dard tufayli yoshlanayotgan koʻzlaring baxtdan porlaydi deb tasalli bering...
Aslida u nasihatgo'y aqlli bir kimsaga muhtoj emas, qalbida ogʻir boʻlib yotgan kundan kunga uni choʻktirib borayotgan koʻnglidagi ogʻir bir yukni boʻshatishi uchun barini aytib yengil tortishi uchun yaqin bir doʻstga muhtoj... Siz unga hecham nasihat qilmang nasihat berish juda ham oson ish ammo muhabbat ila kimningdir dardiga malham boʻlish hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi...

@hayotdagi_fikrlar| betakror sahifa