Get Mystery Box with random crypto!

Qadrligim! Oxiri yoʻq hayollaringizni bir chetga suring, g'am | H A Y O T | ✨🫀

Qadrligim!
Oxiri yoʻq hayollaringizni bir chetga suring, g'amga botib bu chiroyli koʻzlaringizni yoshlamang, bitmas tuganmas xazinangiz hisoblangan bebaho qalbingizni asrang!
Men ,,Keraksiz'' insonman deb oʻylashni bas qiling, qarang atrofingizga qanchadan qancha insonlar sizni yaxshi koʻrishadi, hatto sizning tabassumingizga oshiqlar soni minglab, millionlab bu hayotda...
Hech qachon tushkunlikka tushmang, taqdiringiz allaqachon mukammal qilib belgilangan, sizga nasib etadigan narsa hech qachon yanglishib boshqa birisiga ketmaydi u aynan sizning nasibangiz...
Hali kunlar keladi, kecha telbalarcha qaygʻurga narsangizni oʻylab eh nega bunchalar ahmoq boʻlgan ekanman deya kulib qoʻyasiz va nega bunchalar oʻzimni qiynadim shu meni qiynalishimga arzirmidi deya afsus chekasiz...
Qalbingiz ogʻrib oʻzingizni qoʻyarga joy topa olmay qolgan paytlaringizda ,,Robbimizning men singan qalblardaman'' degan gaplarini eslang...
O'zingizda borini qadrlang, hech qachon qoʻlingizdan ketgan narsalar uchun mitti joningizni qiynamang, hali hayotingiz oldinda siz uchun eng xayrlisi eng munosibi o'z vaqtida keladi...

@hayotdagi_fikrlar| betakror sahifa