Get Mystery Box with random crypto!

Boshingizga tushgan holatlarni oʻylab, garchi siz haq boʻlsang | H A Y O T | ✨🫀

Boshingizga tushgan holatlarni oʻylab, garchi siz haq boʻlsangiz ham qalbingiz ogʻriydi, yuragingiz siqiladi,bo'g'zingizga nimadir tiqiladi, yoningizga kimdir kelib nima boʻldi desa-yu, quchogʻiga oʻzingizni otib soatlab yigʻlasangiz... Kechalari sira uyqungiz kelmaydi, uyoqqa dumalaysiz, buyoqqa dumalaysiz, osmonga qarab yotasiz, yonboshlab yotganingizda esa koʻzlaringizdan, marjondek yoshlar dumalaydi... Bir yildan keyin barchasini eslab kularsiz, ikki yildan keyin esa butkul unutib ham yuborarsiz balkim, ammo hozir judayam qiyin bilaman tushunaman bu ahvolingizni... Balkim kimlargadir kulguli tuyular bu holat, ammo bir narsani bilaman koʻpchilikning aynan qalbidan oʻtayotgan soʻzlar bular, bu bilan men nima demoqchiman, o'zingizga keling, qaddingizni tik tuting, siz bebaho qalb egasisiz, sababi bunday holatlarni hamma ham his qila olmaydi, qalbingiz yigʻlayaptimi demak u uyg'oq ekan, mayli yig'lang qalbingizdagi barcha g'uborlar chiqib ketadi, yengil tortasiz...

@hayotdagi_fikrlar| betakror sahifa