Get Mystery Box with random crypto!

Onajonim Yaxshiyamki hayotimizda ona degan taskin, farishta | H A Y O T | ✨🫀

Onajonim

Yaxshiyamki hayotimizda ona degan taskin, farishta bor...
Hamisha bizni duo qiladigan, bizni o'ylaydigan, biz uchun qayg'uradigan go'zal farishta...
Hali tilimiz chiqmagan paytda bizni tushungan o'z oyoqlarimizda mustaqil yurishni o'rgatgan, bizga chiroyli tarbiya bergan mehribon farishta...
O'zi kiymay kiydirgan, yemay yedirgan g'amxo'r farishta...
Doim bizni xohish va istaklarimizni bajarish uchun chora topa olgan, chetdan keladigan toshlardan bizni asrab avaylagan kuchli, matonatli farishta...
Barcha yuz o'girgan paytlarda ham, yonimizda pulimiz martabamiz obro' etiborimiz bo'lmagan paytlarda ham bizdan hech qachon voz kechmaydigan yagona ayoldir...

Tariflayman desak ochig'i tariflarimizning òzi kamlik qiladi menimcha... Qalbimimizdagi o'rningiz beqiyos aziz onalarimiz... Hayotimizda sizlar bor ekansizlar biz farzandlaringiz hamisha yosh boladek his qilamiz o'zimizni Baxtimizga aziz va mo'tabar onalarimiz sog' bo'lishsin...

@hayotdagi_fikrlar| o'zgacha sahifa