Get Mystery Box with random crypto!

YILLAR ARMONI Kimgadir yaxshi gap aytdik, birodar,  Kimdir bi | 𝐇𝐚𝐲𝐨𝐭𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐇𝐚𝐪𝐢𝐪𝐚𝐭𝐥𝐚𝐫

YILLAR ARMONI

Kimgadir yaxshi gap aytdik, birodar, 
Kimdir bir umrga ranjib ham ketdi.
Kun kecha yosh derdik o‘zni bir qadar, 
Bugun-chi, balog‘at payti ham yetdi.
Inson o‘z umrini o‘ylasa ko‘p vaqt 
Qiynaydi o‘zidan o‘tgan qusurlar. 
Kimgadir aytilmay qolgan bir rahmat, 
Kimdandir so‘rolmay qolgan uzrlar.
Mukammal ko‘rmoqchi bo‘ldik dunyoni, 
Yetuk bo‘lolmadik o‘zimiz biroq.
O, yillar armoni, yillar armoni, 
Armon ko‘rmadim men sendan buyukroq.
Insonga tobemas zamon, inchunun, 
Inson yuragida alamlar qat-qat.
Faqat bir taskin bor, barchasi uchun 
Afsus cheka bilsang — shu ham bir davlat.

Abdulla Oripov
1977

@qalbim_kuzi | sevimli kanal