Get Mystery Box with random crypto!

#nazm Osmonga boqdingmi shu kecha, Yulduzlar kamnamo... Oy y | RAHMAT, HAYOT!!!

#nazm

Osmonga boqdingmi shu kecha,
Yulduzlar kamnamo...
Oy yolgʻiz.
Har oqshom sirlashib turishga,
Tun bilan kelishib olganmiz.

Men kuylay boshlayman har safar,
U boʻlsa, soʻz demay tinglaydi.
Bilmaydi,
Sogʻinchim jon qadar
togʻ qadar toshganin bilmaydi.

Soʻngra sheʼr oʻqiyman borliqqa,
Tabiat soʻzimdek tuslanar.
Sen haqda!
Ishq haqda!
Biz haqda...
Nuqtasiz tugaydi misralar...

Eng oxir yer uzra singaman,
Koʻzim rang, barmogʻim moʻyqalam.
Zaminda surating chizaman...
Tirila boshlaydi tong bilan.

Qoʻy yurak,
Hammasi oʻtkinchi,
Ming yillar kutishga ber chidab.
Baribir...
Sogʻindim.
(aytginchi...)
osmonga boqdingmi shu kecha!?

Dilnoza Toshniyozova

@hayot_xayol_kabi