Get Mystery Box with random crypto!

#mulohazalashamiz Azroildan qo‘rqqan odam  Bi | RAHMAT, HAYOT!!!

#mulohazalashamiz

Azroildan qo‘rqqan odam 

Bir kuni Hazrati Sulaymon alayhissalom do‘stlari bilan birga o‘tirar edilar. Hazrati Azroil alayhissalom kirib o‘tirganlardan biriga diqqat bilan boqdilar. U odam Azroil alayhissalomning bunday boqishlaridan juda qo‘rqib ketdi. So‘ngra Hazrati Sulaymonga: 
— Ey Payg‘ambarim, menga yordam qiling, haligina Azroil menga qattiq tikilib qaradi. Mening jonimni oladi chog'i, — dedi. 
Sulaymon alayhissalom undan: 
— Xo‘sh, nima qilayin? Mendan nima istaysan? — deb so‘radilar. 
— Shamolga amr bering, meni Hindistonga eltib tashlasin. Shoyad Azroilning panjasidan qutulib qolsam... — dedi. 
Sulaymon alayhissalom uning istagini bajo keltirdilar. Shamolga buyurib, uni Hindistonga jo‘natdilar.
Ertasi kuni Azroil yana ko‘rishmoq uchun Sulaymon alayhissalom huzurlariga keldi.
Suhbat davomida Hazrati Sulaymon: 
— Kechagi odamga tikilib qaramoqning boisi nima edi? — deya so‘radi. 
Azroil esa: 
— Chunki Alloh taolo menga bu odamning jonini Hindistonda olishni amr etgan edi. Uni bu yerda ko‘rib, juda hayron qoldim. Allohning amrini yanglish anglamadimmikan, deya hayratlandim. Shu bois unga diqqat bilan boqqan edim. Buyruqni to‘g‘ri anglagan ekanman. Oradan biroz o‘tib, Hindistonga bordim. Uni o‘sha yurtdan topib, jonini oldim. 

@hayot_xayol_kabi