Get Mystery Box with random crypto!

​​Muhabbat bu... #حب -Birgalikda ro'za tutmoq. -Bir-birini | H a ོy o t

​​Muhabbat bu... #حب

-Birgalikda ro'za tutmoq.
-Bir-birini saharlikka uyg'otmoq.
-Kuyib-pishib iftorlikka habibi uchun nimadirlar pishirmoq.
-Mehr bilan "Nechchi minut qoldi" deb bir biridan so'ramoq.
-Sen yemasang, men ham yemayman deb tahdid qilmoq.
-Tansiqli taom ozroq bo'lsa "Yegim yo'q" sen yegin deb aldamoq.
-Ayoli hech narsa yemasa, "samalyot" og'zingni och deb yedirmoq.
-Habibining ishdan kelishini iftorlikni kutgandek kutmoq.
-Birgalikda tahajjud o'qimoq.
-Duolarida bir birining borliklari uchun shukrona keltirmoq, o'zidan oldin duolarida juftini eslamoq.
-Sevgisini balandparvoz so'zlar bilan emas, mehr to'la ko'zlari bilan izhor qilmoq.
-Xullas, janjal bilan emas, har kuni borida ham yo'g'iga ham shukrona keltirib, bir birini tushunib, hazillashib, yaxshi ko'rib yashamoqdir:)

QoriaHayot