Get Mystery Box with random crypto!

Telegram yangilandi... Xullas, qisqacha o'zgarishlar haqida: | #️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

Telegram yangilandi...

Xullas, qisqacha o'zgarishlar haqida:
Endi animatsion effektli xabarlarni yuborish mumkin bo'ladi.
Huddi Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar singari endi #hashtag orqali izlash mumkin. Ya'ni, kalit so'zining ustiga bosganingizda faqat shu kanalni ichidan emas, balki butun ochiq kanallardan qidiradi va o'xshash ma'lumotlarni topadi. Demak, postlarni kanalga a'zo bo'lmagan boshqalar ham ko'rishni boshlaydi.
Uzun iqtibos matnlarini uchinchi rasmdagi shaklda qisqartirish mumkin bo'ladi. Talab etilsa, bosib to'liq matnni ochib o'qiyverasiz.
Matnlarda telefon raqamlari kelib qolsa, osongina uni kontaktlarga saqlash va boshqa amallarni bajarish mumkin endi.
macOS uchun qo'ng'iroqlar ko'rinishi o'zgardi va boshqa mayda-chuda kamchiliklar bartaraf etildi. Xullas, versiyani yangilab oling.

#telegram | Birinchi raqamli IT-Blog