Get Mystery Box with random crypto!

Wildberries O‘zbekistondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoni yo‘lga q | #️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

Wildberries O‘zbekistondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoni yo‘lga qo‘ydi

Toshkent viloyatidagi logistika markazining maydoni 1122 kvadrat metrni tashkil etadi.

Rossiyaning Wildberries onlayn platformasi jamoasi Oʻzbekistonda birinchi logistika markazi ochilgani haqida eʼlon qildi, bu esa tadbirkorlar va mahalliy biznes vakillaridan toʻgʻridan-toʻgʻri savdolarni yoʻlga qoʻyish imkonini berdi.

Endilikda o‘zbekistonlik tadbirkorlar o‘z tovarlarini "Marketplace" modelidan foydalangan holda onlayn platformada (sotuvchilarning shaxsiy omborlaridan) sotishlari mumkin. Ular real vaqt rejimida buyurtmalar haqida ma’lumot olishlari va tovarlarni saralash markaziga yetkazib berishlari mumkin bo‘ladi. Logistika markazi, shuningdek, mamlakatga kiruvchi buyurtmalarni saralaydi va keyin ularni qabul qilish punktlariga olib boradi.

#marketpleys | Birinchi raqamli IT-Blog