Get Mystery Box with random crypto!

Hasanning...

Telegram kanalining logotibi hasanning — Hasanning... H
Telegram kanalining logotibi hasanning — Hasanning...
Kanal manzili: @hasanning
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24
Kanalning ta’rifi

Bu yerda @hasan_murod ning bosh aylanishidan qolgan fikrlar bo'lishi mumkin🤫

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-08-19 10:44:22 Ityurak

Bu kitob men yozajak tahlildan ancha qiziq bo'lgan fantast janrdagi asardir.

Birinchi e`tiborni tortadigan joyi: 3 oyda yozib 62 yildan keyin chop etilgani. Bunga sabab yozuvchi asarida o'sha davrdagi siyosatga qisman aralashib qo'ygan. Lekin hozirgi zamon bilan taqqoslasa bizning siyosatparastligimiz oldida hech nima.

Demak asardan olgan xulosam:
Inson nafsini tiyolmasa, unga hukmron bo'lolmasa hayvondan ham johildir.

Kitobdan parcha:
-Hammasiga qanday ulgurasiz-a, Filipp Filipovich? - hurmat bilan so'radi shifokor
- Odam hech qayoqqa shoshilmasa, hamma narsaga ulguradi. Agar men ham majlisdan-majlisga sakrab o'z vazifamni bajarish o'rniga ertadan kechgacha bulbulga o'xshab sayrab yurganimda hech qayerga ulgurmagan bo'lar edim..



Mixail Bulgakov - Ityurak
#kitob #taqriz #nafs
120 viewsedited  07:44
Ochish/sharhlash
2022-08-17 00:03:53 Ulg'aydikmi?

- Har doimgi mavzular qiziq emas..
- Atrofimizdagilar butunlay boshqalariga almashdi..
- Aka deb chaqiradiganlar ko'paydi..
- Avval faqat o'zimizni o'ylaganmiz. Endi esa ota-onamizni ko'proq o'ylayapmiz..
- Iphone yoki tarmoqdagi kuzatuvchilar sonidan ko'ra karyeramizdagi kichik yutuqlar muhimroq..

Ulg'ayayotganlar lekin bunga ko'nikolmayotganlar davom ettiring )
101 views21:03
Ochish/sharhlash
2022-08-14 18:56:41 A: Kelin bo'lmishni hozirdan yaxshisini tanlab, sekin tarbiyalab yuraver. Bo'lmasa ertaga uylanaman deganingda qiz topilmay qoladi.

B: Nikohdan avvalgi har qanday munosabat haromdir. Allohga tavakkal qil, o'qi, ishla, harakat qilaver, O'zi ro'para qilib qo'yadi.

C: Xudo ham sababiyatini qilsang beradida.

Qaysi fikrga qo'shilasiz? 100% to'g'ri yoki 100% xato degan fikr yo'q.
108 views15:56
Ochish/sharhlash
2022-08-14 18:53:25 Qalbda Qur'on degan kanalda faqat dunyoviy narsalarning reklamasi
85 views15:53
Ochish/sharhlash
2022-08-14 07:01:46 Fosiq

Bir kuni xarom,
Bir kuni halol.
Bir kuni donishmand,
Bir kuni hotirjam.
81 views04:01
Ochish/sharhlash
2022-08-07 20:18:36 Boyagi mulohazalarim esimdan chiqib ketgan edi....

Sizda ham shundaymi.
91 views17:18
Ochish/sharhlash
2022-08-07 15:56:44 Alif

Paola Koelo haqidagi fikrlarimizning davomi. Dunyoga mashhur Alkimyogar asarining muallifi Alif asarida navbatdagi sayohati davomidagi fikrlarini, sarguzashtlarini yozadi.

Musulmonlarning e`tiborini tortish uchunmi yoki g'azabini keltirish uchunmi(menda shunaqa bo'ldi) nomini Alif deb qo'ydi. Lekin asarda shunchaki dejabyuga o'xshash jarayonni Alif deya nomlagan.

Kitoblarni shunchaki xulosa(Xushnudbek singari) yoki qanaqadur hissiyotlarni tuyish uchun o'qiyman.

Demak xulosam:
Vaqt faqatgina biz yashayotgandagina bor. Undan avval ham hech, undan keyin ham. Hozir zavqlanib qilib qoling. Hozir musulmon bo'ling.

Kitobni o'qib tugatganimga deyarli bir yil bo'lgandi lekin taqriz yozishga eringandim. Menimcha endi bu sahifa ham jonlanadi
85 views12:56
Ochish/sharhlash
2022-08-07 14:55:03 Kutmang

If you expect the world to be fair with you Because you are fair You are fooling yourself That’s like to expect the lion Not to eat you Because you didn’t eat him

(Coelho, The Pilgrimage)

Dunyo senga nisbatan adolatli bo'lishini kutasan, chunki sen adolatlisan, o'zingni aldayapsan. Bu sherning seni yemasligini kutishga o'xshaydi, chunki sen uni yemaganing kabi.

(Koelo, "The Pilgrimage(Ziyorat)")
79 views11:55
Ochish/sharhlash
2022-08-07 03:48:04 Men: Bo'pti men uxlayman.
Miyyam: Mana shu so'zning o'zbekchasini bilasanmi?
Men: .

Men: Bo'pti men uxlayman.
Miyyam: Mana senga zo'r fikr yozib qo'y esingdan chiqib ketadi.
Men:

Sizda qanaqasi bo'ladi?
76 viewsedited  00:48
Ochish/sharhlash