Get Mystery Box with random crypto!

Moʻjiza boʻlishi uchun tuxumda Alloh lafzi boʻlishi shart emas | Hasankhoja Muhammad Sodiq

Moʻjiza boʻlishi uchun tuxumda Alloh lafzi boʻlishi shart emas, moʻjiza boʻlishi uchun osmonda farishta koʻrinishi shart emas, moʻjiza boʻlishi uchun sher gapirishi shart emas, moʻjiza boʻlishi uchun Quyosh soʻzlashi shart emas.Faqat aql boʻlsagina bas.

Shunchaki aql boʻlsagina koʻz ostingizdagi haqiqiy moʻjizani koʻra olasiz. Allohni aql bilan taniladi, uning ishlarini aql koʻzi bilan koʻriladi. Aql boʻlishi uchun esa oʻqish kerak, ilm olish kerak. Stiven Xoking kabi olimlarning qarashi bilan aytganda, Oliy Ong sohibi singular nuqtani rejali-sxematik tarzda tartibli mexanizmlarni ishga tushirib yuborgan-u, u oʻsha vazifasida hamon davom etmoqda. Tuxumni ustidagi yozuvdan koʻra mittigina danakdan unib chiqadigan ulkan daraxt biomexanizmi haqiqiy moʻjizadir.

Sherni gapirishidan koʻra uning bir kichik urugʻ hujayradan ulgʻayishi murakkabroq va moʻjizaliroqdir.

Telegram Instagram YouTube Tiktok