Get Mystery Box with random crypto!

...Unda siz qahramonsiz! Siz chiroyli, benuqson, goʻzal qizni | Hasankhoja Muhammad Sodiq

...Unda siz qahramonsiz!

Siz chiroyli, benuqson, goʻzal qizni yoki kelishgan, yoqimtoy, boy yigitga, erishganingiz bilan hammaga faxrlanasiz, maqtanasiz va shunday juftga ega boʻlganingiz bilan magʻrurlanasiz, oʻzingizni dunyodagi eng omadli odam deb hisoblaysiz. Agar shunday boʻlsa tabriklayman sizni. Ammo sizning qilgan ishingizni unutmangki, hamma istaydi, barcha inson xohlaydi va buni hamma ham qila oladi.

Demak, siz hamma qatorisiz, boshqalardan ajralib turadigan omadingiz ham, jihatingiz ham yoʻq. Lekin, bir qoʻli yoʻqqa bir umr qoʻl, oyogʻi yoʻqqa tayanch, koʻzi ojizga xassa, xunuk yuzga goʻzal koʻzgu, faqir-miskinga boylik, yetimga oila, zabonsizga til boʻla olish va unga juftlik qilish — mana bu ezgulik yoʻlidagi xatti-harakat deyiladi.

Bokira qizni hamma ham olishni istaydi, lekin nomusi toptalgan qizni hayotini saqlab qolish uchun hamma ham uni ololmaydi. Ana shu hamma qila olmaydigan ishlarni, amallarni qila olsangiz, demak, siz zamon qahramonisiz, insoniyat qahramonisiz!

Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok