Get Mystery Box with random crypto!

Bolajonlar. Iltimos quyidagi tavsiyaga amal qilinglar. Ertaga | Sodiq Academy | Rasmiy Kanal

Bolajonlar. Iltimos quyidagi tavsiyaga amal qilinglar.

Ertaga imtihonda har qanday g’irrom va qing’irlikdan uzoqda bo’ling. Halol ishlanglar. Alloh ko’rib turganini va Payg’ambarimiz ”kim aldasa bizdan emas”, degan gaplari dunyoning manaman degan diplomidan ham ustun ekanligini esdan chiqarmanglar.
Sizlar hamma sababini qodir bo’lganizcha qildinglar, natija esa faqat Allohdan. Haqiqiy tavakkul mana shunday bo’ladi. Sizlarga eng yaxshi nima ekanligini Alloh yaxshi bilguvchidir. Shuning uchun faqat o’ziga suyaninglar…

Ertalab bomdodda quyidagi duolarni o’qinglar

Robbi zidni ‘ilman va fahman val-hiqni bis-solihin. Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul ‘uqdatan min lisani yafqohu qovli ya Hafiz, ya Roqib, ya Nasir, ya Alloh. Robbi yassir va la tu’assir. Robbi tammim bil-xoyri.

Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul ’uqdatan min lisani yafqohu qovliy" (Toho, 25-28)

“Robbi yassir va la tu’assir. Robbi tammim bil-xoyri"

Hurmat bilan
Hasanxo’ja Muhammad
Sodiq

(Sobiq Ustozinglar)