Get Mystery Box with random crypto!

#arbain Hech kim jannatga kirmaydi(mi)?! Abdulloh ibn Masʼud | Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid

#arbain

Hech kim jannatga kirmaydi(mi)?!

Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kimning qalbida zarra misqolicha kibr boʻlsa, u jannatga kirmaydi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari.

Shu hadisni qachon eshitsam, o'ylab qolardim: hozirgi kunda kimda kibr yoʻq, hamma jahannamga tushib ketadimi, jannatga kirish buncha qiyin boʻlmasa?

Kecha Hasanxon qori tomonidan suhbat qilib berilayotgan Arbaʼin darslarining navbatdagisi boʻldi, unda hozir boʻldim. Ustoz hadisni sharh qilib turib aynan yuqoridagi hadisga to'xtaldilar: «Kibr haqidagi hadisni eshitganmiz. Unda zarra miqdorida kibri bor odam jannatga kirmaydi deyilgan. Hadisni zohirini olsak, 90 foiz odam jannatga kirmasligi kerak boʻlyapti. Lekin hadisni sharhini oʻqisak, asl maʼnoni tushunamiz. Yaʼni jannatga kirmaydi - deyilgani, oʻsha zarra miqdoricha boʻlgan kibridan tozalanmay turib jannatga kirmaydi degan maʼno chiqadi. Shu uchun biror oyat yo hadisni oʻqib qolsak, uning zohirini olib, har xil gaplarni gapirib yurmaslik kerak. Sharhini oʻqibgina asl maʼnolarni tushunasiz».

Anchadan beri yechilmay kelayotgan tugun kechagi suhbatda, Hasanxon qori sababidan yechildi. Sizlarni ham ilm majlisiga — Arbaʼin suhbatlariga taklif qilaman. Ustoz aytganlaridek, bu dunyoning jannatida* yashamagan U dunyoning jannatiga ham kirmaydi. Dunyodagi jannatga marhabo!

* Dunyoning jannati - bu Allohning zikri bo'lgan yerlar

Abdulloh Ozod

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Telegram • Youtube • Instagram • Facebook