Get Mystery Box with random crypto!

INSTITUTGA MILLIY QADRIYATLARIMIZ AKS ETGAN KO‘RGAZMA FAYZ BAG | Abdumutalov Hasanboy | Blog

INSTITUTGA MILLIY QADRIYATLARIMIZ AKS ETGAN KO‘RGAZMA FAYZ BAGʻISHLAMOQDA

Tasviriy san'at insonlarning atrof – muhit va san'at olamidagi go'zalliklarni ko'ra bilishga va ularga estetik munosabat bildirishga, san'atning ijtimoiy mohiyatini va ahamiyatini teran anglagan holda me'moriy yodgorliklarni, tasviriy, amaliy va dizayn san'ati asarlarini milliy iftixor, qadriyat sifatida e'tirof etish va muhofaza qilishga o'rgatadi. Andijon davlat pedagogika institutining asosiy oʻquv binosi yonida tashkil etilgan doimiy galereya ana shu maqsadga xizmat qilmoqda.

Iste'dodli talabalar tomonidan chizilgan rasmlarning eng saralari tanlab olinib, koʼzgazmaga joylashtirilmoqda.

Eng muhimi, ushbu koʼrgazma barchaga estetik zavq ulashmoqda.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
Telegram Facebook Instagram YouTube