Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum, muhtarama opa-singillar, qadrli hamkasblar! | Abdumutalov Hasanboy | Blog



Assalomu alaykum, muhtarama opa-singillar, qadrli hamkasblar!

Hammamiz orziqib kutgan mana shu goʻzal bahor kunlarida, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan avvalo, sizlarni, sizlarning timsolingizda barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni ana shu bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etib, oʻzimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildirishga ijozat bergaysiz.

Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos boʻlib keladi. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk sanʼat asarlari, qoʻshiq va qasidalar, meʼmoriy obidalar ayollar shaʼniga bagʻishlangandir.

Biz sizlarni eng avvalo fidoyilik timsoli deb bilamiz. Mehridaryo qalbingiz, aql-zakovatingiz, sevgi va sadoqatingiz uchun sizlardan bir umr qarzdormiz. Tilagimiz, oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sogʻ-omon boʻlinglar!

Nega deganda, ayollarimizning baxti – xalqimiz, jamiyatimizning baxtidir. Barchangizga oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka tilayman. Doimo xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardogʻida boʻlish hammangizga nasib etsin!

Katta rahmat sizlarga.

Baxtiyor Rasulov
Andijon davlat pedagogika instituti rektori

#Womanday #Ayollarkuni #Женскийдень

@BaxtiyorRasulov