Get Mystery Box with random crypto!

“Yaxshilig‘” radifli g’azal Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli ja | Abdumutalov Hasanboy | Blog

“Yaxshilig‘” radifli g’azal Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘,
Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘.
Gar zamonni nayf qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig‘!
Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko‘ngluma,
Kelmadi jonimg'a hech oromi jondin yaxshilig'.
Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung yamonliq asru ko‘p,
Emdi ko‘z tutmoq ne ma’ni har yamondin yaxshilig'?
Bori elga yaxshilig' qilg'ilki, mundin yaxshi yo‘q Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig!
Yaxshilig' ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig'?

Manba

Siz bilan birgamiz!

YouTube Instagram Facebook