Get Mystery Box with random crypto!

Chellenjda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz | Abdumutalov Hasanboy | Blog

Chellenjda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz

Xabaringiz bor, Raqamli texnologiyalari vazirligi jamoasi Oʻzbekistonimizning tabiatini ozoda saqlash va “yashil makon” tashabbusiga hissa qo‘shish maqsadida “Axlatni men tashlamadim, lekin yurtim meniki” chellenjini e’lon qilgan edi.

Tanlov natijalarini saralash jarayonlarida mutaxassislar ishtirok etib, o‘z-fikr mulohazalarini bildirishdi va g‘oliblar aniqlandi.

Ma’lumot uchun, chellenjda qatnashish maqsadida maxsus botga 100 dan ortiq videolar yuborildi, ijtimoiy tarmoqlarga #yurtimizniobodqilaylik heshtegi ostida videolar joylashtirildi.

Ushbu chellenjga va yurtimiz obodligiga bee’tibor bo‘lmagan barcha yurtdoshlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sizlarning mehnatlaringiz tahsinga sazovor.

Chellenj g‘oliblari kelasi hafta taqdirlanadi.

#mitc
#chellenj

Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube