Get Mystery Box with random crypto!

Yo’qotilgan iste’dodlar haqida Ko’pchilik insonlarda yoshligi | Abdumutalov Hasanboy | Blog

Yo’qotilgan iste’dodlar haqida

Ko’pchilik insonlarda yoshligidan biron-bir yo’nalish/soha/san’at/sport ga nisbatan iste’dod (talant) bo’ladi. Kimdir buni tushunib yetadi, shakllantiradi, shuni motivi sabab o’qiydi, mehnat qiladi. Kimdir esa anglamaydi, shakllantirolmaydi.

Insonlarni ko’p kuzataman. Shuni o’ylab qoldim-ki, ko’plab iste’dodlarni ayni o’sha yoshlikdanoq o’ldirar ekanmiz. O’zimiznikini yoki boshqalarnikini. O’zimiznikini degan joyim tushunarli, boshqalarnikinichi? Bu nima degani? Buni ham hozir tushunasiz.

Atrofga boqing. Hamma o’zi sevgan ish bilan shug’ullanmoqdami? Yo’q albatta. Juda ham ko’pchiligimiz oila, ro’zg’or, majburiyatlar, iqtisodiy holat sabab turli xil ishlar bilan bandmiz. Lekin bularni hammasi ham sevimli kasb ortidan emas.

Bolalar o’zlarini va hayotni anglab yetishlari uchun ko’p vaqt kerak bo’ladi albatta. Bu o’smirinlik davrigacha yoki undan keyingi davrlargacha cho’ziladi. Bu tahminan 16 yoshdan 20 yoshgacha davom etishi mumkin. O’tishi ham mumkin albatta. Bu davrlargacha insondagi ko’plab yoki yagona iste’dod shakllanmay nobud bo’lishi mumkin. Hamma ham o’z iqtidori, qiziqishlaridan kelib chiqib ta’lim olmaydi.

Ota-ona farzandidagi iste’dodni anglamay uni nobud bo’lishiga sababchi bo’lib qolishi mumkin. Ha shunday. Bularni yo’qotilgan iste’dodlar deyman. Jamiyatda bunday holatlar juda ham ko’p uchraydi afsuski. Kimdir yoshligidan futbolga qiziqqandi, zo’r o’ynardi, lekin hozir ko’rsangiz haydovchilik bilan band. Kimdir rassomchilikka qiziqqandi, yoshligidan chiroyli rasmlar chizolardi, hozir ko’rsangiz do’konda sotuvchilik bilan band. Bunday hayotiy misollar talaygina atrofingizda. O’zingiz ham tirik misol bo’lishingiz mumkin.

Bee’tiborlik, befarqlik, iqtisodiy holat, oilaviy muloqot shakllanmaganligi qanchadan qancha iste’dodlarni nobud qilgan. Qanchadan qancha iste’dodlarimiz shimolda ko’cha supurib yuribdi. Maqolani afsus va alam bilan yozyapman.

Bor yo’g’i bir marotaba beriladigan bu qisqa umr qurbon bo’lgan iste’dodlarga to’lib toshgan. Har bir inson o’zi qiziqqan, potensiali yetarli bo’lgan, iqtidori yetadigan ish bilan shug’ullanganida baxtli jamiyat shakllangan bo’lardi deb o’ylayman.

O’zingizni yoki farzandlaringizni iste’dodlarini nobud qilmang. Bu narsa haqiqiy super qobiliyatdir…

@nizamoff