Get Mystery Box with random crypto!

Bahor ayyomidur... Bahor ayyomidur dog'i yigitlikning avonid | Abdumutalov Hasanboy | Blog

Bahor ayyomidur...

Bahor ayyomidur dog'i yigitlikning avonidur,
Ketur soqiy, sharobi nobkim - ishrat zamonidur.
Gahi sahro uzori lola shaklidin erur gulgun,
Gahi sahni chaman gul chehrasidin arg'uvonidur.
Yana sahni chaman bo‘ldi munaqqash rangi gullardin, Magarkim sunning naqqoshig'a rang imtihonidur.
Yuzung, ey sarv, jonim gulshanining toza gulzori, Qading, ey gul, hayotim bog'ining sarvi ravonidur.
Ne yerda bo‘lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning, G'aribingg'a tarahhum aylagilkim, andi jonidur.

Zahiriddin Muhammad Bobur
Abdumutalov Xasanboy

Doʻstlarni taklif qiling!

YouTube Instagram Facebook