Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum mana 2023-yilni ham oʻzgacha kayfiyatda kutib | Abdumutalov Hasanboy | Blog

Assalomu alaykum mana 2023-yilni ham oʻzgacha kayfiyatda kutib oldik ushbu sheʼrni oʻqib yanada yangi ijodiy yondashuv paydo boʻldi. Yana @Rajabova_Barno qilgan kutilmagan sovgʻalarni va vadalarimni ham amalga oshiraman.


Suratingni chizaman ming bor,
O'chiraman million marta.
Yo'q bo'lsa ham zarra iqtidor,
Rassomlikni tashlolmam shartta.

Buncha shirin hijronning ta'mi,
Och tasavvur sira qo'ymas tinch.
Turfa rangga bo'yar olamni,
Kiprigimdan silqigan sog'inch.

Isming- ko'kdan kelgan mahfiy xat,
Xudo bilan o'rtamdagi sir.
Sen- tushlarim torlik qilgan baxt,
Ko'zlarimga sig'magan tasvir.

Suratingni chizgum iloji yoq,
Moʻyqalamim toʻkar koʻzyoshi.
Barmoqlarim, qoʻllarim majruh
Allaqachon olingan boshim.

Mehrinoz Abbosova

Biz bilan birga qoling!

YouTube Instagram Facebook