Get Mystery Box with random crypto!

Kitob javonimni artib, tozalayotib bir paytlar 6-sinfligimda s | Mutolaa zavqi 📖

Kitob javonimni artib, tozalayotib bir paytlar 6-sinfligimda sinfda kichkinagina tanlovda yutib olgan kitobimni topib oldim:Tushda kechgan umrlar. Sinfdoshlarim hammasi tilaklar yozib bergan edi. Ustozimiz nima sovg'a olishni xohlaysan deganida shu kitobni degan edim. Nomiga qiziqib juda o'qigim kelgan edi. O'sha payt bu kitob 18 ming edi, hozir esa tahminan 40 ming bo'lsa kerak. O'qib bo'lib ta'sirlangan edim, bosh qahramonlardan biri Rustamjonga achinganman. O'shanda biroz yosh bo'lganim uchun ba'zi narsalarga tushunmaganman. O'tkir Hoshimov ham sevimli ijodkorlarimdan biri. Ko'p kitoblari yoqqan, ayniqsa, "Dunyoning ishlari " va " Daftar hoshiyasidagi bitiklar". Hullas, mana shu kitob ham ta'sirlantirgan edi. Yana o'qib ko'ramiz...

P.S Sinfdoshlarim imlosida xatolar bir talay, lekin barchasi samimiy yozilgan

@hasanboyeva_blogi