Get Mystery Box with random crypto!

Al-Xorazmiy maktabi imtihoni barcha hududlar 4-sinf bitiruvchi | Harvard School

Al-Xorazmiy maktabi imtihoni barcha hududlar 4-sinf bitiruvchilari o'rtasida musobaqani ta'minladi


Al-Xorazmiy maktabiga qabul qilingan o'quvchilar Respublika bo'yicha eng bilimli yoshlar ekanini isbotlashdi. Kira olmagan o'quvchilarning esa xafa bo'lishi kerak emas. Bu maktabga hatto butun boshli viloyatdan hech kim qabul qilinmagan yoki atigi 1 tadan qabul qilingan holatlar mavjud. Biror o'quv markazidan bitta ham o'quvchi kira olmagan bo'lsa ham bu tabiiy holat.

Kirish natijasi bo'yicha Toshkent shahri mutlaq yetakchi. Shuningdek, 11 ta hudud birgalikda ham Namangan viloyatiga teng kela olmagan. (Ma'lumotlar hududlarga tegishli kodlar asosida mustaqil tarzda tayyorlandi.) Quyida viloyatlar kesimida maktabga kirgan o'quvchilar soni keltirilgan:

1. Тoshkent — 59 tа
2. Namangan — 26 tа
3. Farg'ona — 11 tа.
4. Тоshkent viloyati — 7 tа
5. Sirdaryo — 4 tа
6. Navoiy — 3 tа
7. Jizzax — 2 tа
8. Buxoro — 2 tа
9. Qashqadaryo — 2 та
10. Xorazm — 1 tа
11. Qoraqalpog'iston — 1 tа
12. Samarqand — 1 tа
13. Andijon — 1 ta

Bu 120ta o'quvchining 83 tasi Prezident maktabiga ham qabul qilinishi mumkin. Shuning uchun agar o'quvchilar Prezident maktabida o'qishni tanlashsa, 120-o'rindan keyingi o'nlab o'quvchilarda Al-Xorazmiyga qabul qilinish imkoniyati paydo bo'ladi.

@PMTESTS