Get Mystery Box with random crypto!

Sohibqiron Amir Temurga tegishli boʻlgan va hozirgi davrga qad | Harbiy tarix

Sohibqiron Amir Temurga tegishli boʻlgan va hozirgi davrga qadar saqlanib qolgan ashyolar haqida bilasizmi?

Amir Temur qilichi
Tigʻ qismi poʻlatdan, sopi esa oltindan yasalib, qimmatbaho toshlar qadalgan bu qilich hozirda Erondagi “Mashhad” saroy muzeyida saqlanmoqda.

Amir Temur sovuti
Laʼl va zumrad qadalgan ushbu sovut Turkiyadagi milliy universitet muzeyidan joy olgan.

Temur tuzuklari” asarining asl qoʻlyozmasi. Ushbu asar hozirda Fransiyaning “Rotshild” muzeyiga qoʻyilgan.

Amir Temur uzugi
Oltindan yasalib, qimmatbaho nefrit tosh qadalgan va fors tilida “Rosti-Rusti”, yaʼni “Kuch adolatdadir” yozuvli bu uzuk AQShdagi Metropoliten muzeyida saqlanmoqda.

Amir Temur yoquti

Bu bebaho boylik Sohibqironga Hindistonga qilgan yurishida hadya qilingan. Unga qadar ham 800 yillik tarixga ega boʻlgan. Bu yoqut hozirda Quvaytdagi “Islom boyliklari” xususiy kolleksioneri muzeyidan oʻrin egallangan.