Get Mystery Box with random crypto!

Buyuk Britaniyada ishchilar yetishmasligi sabab oziq-ovqatlar | Harbiy blok ️

Buyuk Britaniyada ishchilar yetishmasligi sabab oziq-ovqatlar isrof boʻlmoqda. Buni bartaraf etish uchun Oʻzbekistondan ham odamlar jalb qilingan

Britaniyada yilning birinchi yarmida 71,2 million yevrodan ortiq oziq-ovqat ishchi kuchi yetishmasligi sababli isrof boʻlgan. Bu haqda Buyuk Britaniya Milliy fermerlar uyushmasi (MFU) maʼlum qildi.

Mamlakat boʻylab oilalar xarajatlar oshib borayotgani sababli yashash uchun kurashayotgan bir paytda sifatli va toʻyimli oziq-ovqatlar isrof boʻlayotgani bemaʼnilikdan boshqa narsa emas, — dedi MFU prezidenti oʻrinbosari Tom Bredshou.

Fermerlar kasaba uyushmasi tadqiqotiga koʻra, yanvardan iyungacha 26 million yevro (22 million funt sterling) miqdoridagi meva-sabzavot 40 foiz ishchi kuchi yetishmasligi oqibatida zarar koʻrgan.

Brexit fermalarga Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlardan ishchilarni yollashni qiyinlashtirib, ishchi kuchi tanqisligiga sabab boʻlmoqda.

#coment
@harbiyblok