Get Mystery Box with random crypto!

​​PAYG‘AMBARIMIZNING NASABLARI VA TUG‘ILISHLARI! (Davomi...) | Haramain Umrah Tour

​​PAYG‘AMBARIMIZNING NASABLARI VA TUG‘ILISHLARI! (Davomi...)

Payg‘ambarimiz onalarining qornida ikki oylik bo‘lgan chog‘larida otalari Abdulloh Shom safariga ketayotib, Madina shahrida vafot etadilar, yoshlari o‘ttizga ham yetmagan edi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hazrati Iso alayhissalomdin 571 yil keyin tug‘ildilar.

U zamonda Eron mamlakatida mashhur No‘shiravon Odil podshoh edi. Odilpodshoh zamonida tug‘ildim, degan so‘zlari marviydur. Rabbiul-avval oyining 12-si dushanba kechasi, sahar vaqtida dunyoga keldilar.

Ona qornida yotishlari, onadan tug‘ilgan boshqa bolalardek bo‘lmadi. Chunki onalari Omina og‘ir bo‘y xotinlardekqursoq og‘irligini sezmadi, yuklik xotinlarga bo‘ladigan badan og‘irchiliklarining hech birini bilmadi.

Payģambarimizning tarixlari haqida kòproq ma'lumotga ega bòlishni istaysizmi? Unda bizni kuzatishda davom eting va òz yaqinlaringizga ham ulashing!

Telegram | Instagram | Facebook

+998 77 001 01 09 Tashkent
+998 77 018 01 04 Namangan
+998 77 012 01 09 Samarqand