Get Mystery Box with random crypto!

HAR SOHADAN BIR SHINGIL

Telegram kanalining logotibi har_sohadan_2020 — HAR SOHADAN BIR SHINGIL H
Telegram kanalining logotibi har_sohadan_2020 — HAR SOHADAN BIR SHINGIL
Kanal manzili: @har_sohadan_2020
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 448
Kanalning ta’rifi

Agar muntazam ravishda olam
haqida biror yangi va g'aroyib
narsalarni bilishga harakat
qilsangiz, unda quyidagi
qiziqarli faktlar aynan siz uchun.
Bu yerda siz koinot, inson
anatomiyasi, hayvonlar va
sayyoramizdagi hayot haqida
qiziqarli narsalarni bilib

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-04-04 18:31:06
Qadimgi forslar yangi g'oyalarni 2 marta muhokama qilishgan. 1 marta hushyor va 1 marta mast holda. Chunki buyuk g'oya ikkala holatdayam bir xilda yaxshi tuyilishi kerak bo'lgan.

@har_sohadan_2020
123 viewsedited  15:31
Ochish/sharhlash
2023-04-04 17:31:06
Olimlar inson xotirasini yaxshilaydigan 10 ta mahsulotni ma’lum qildilar:

Bular:

Yong‘oq;
Tuxum;
Olma;
Shokolad ( kakao )
Baliq
Ko‘k choy
Ismaloq
Qulupnay
Qora smorodina
Avakado


@har_sohadan_2020
118 viewsedited  14:31
Ochish/sharhlash
2023-04-04 16:30:39
Ilmiy izlanishlar natijasiga qaraganda, Ramazon oyida ro‘zador uchun eng yaxshi ozuqa bu xurmodir. Xurmoni suv bilan birga yeyish esa ro‘zador og‘iz ochgandagi eng afzal moddadir. Chunki xurmo, tana ehtiyoji bo‘lgan bir necha xil vitamin, shirinlik va minerallarni o‘zida mujassam qilgan.
Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
"Qachon sizlardan biringiz og‘iz ochsa, xurmo bilan ochsin. Agar xurmo topa olmasa, suvda ochsin, chunki u poklovchidir", deganlar.
Abu Dovud rivoyati.

Albatta yaqinlarga ham ulashing


@har_sohadan_2020
130 viewsedited  13:30
Ochish/sharhlash
2023-04-04 14:01:05
19-asrda Yevropada erkaklar quyidagi sabablarga koʻra xotinini ruhiy kasalliklar shifoxonasiga topshirishlari mumkin boʻlgan:
– agar ayol eri bilan janjallashsa va undan boshqacha fikrda bo'lsa;
– agar ayol ko'p kitob o'qisa;
– agar ayol nikohdan norozi bo'lsa;
– agar ayol eridan bosh tortsa;
– agar ayol ilm-fan bilan juda chuqur shugʻullansa;
– agar ayol farzand ko'rishni xohlamasa.


@har_sohadan_2020
123 viewsedited  11:01
Ochish/sharhlash
2023-04-04 13:00:56
1932 yil 4 aprel - Amerikalik olim Charlz King birinchi marta S vitamini ishlab chiqdi.
Bu vitamin inson tanasi hayoti uchun juda muhimdir.

Vitaminlar kabi moddalarning mavjudligi haqida olimlar Kingning kashfiyotidan ancha oldin taxmin qilishgan. 1880 yilda Tartu universitetidan rus biologi Nikolay Lunin sichqonlar ustida ushbu yo'nalishda bir qator tajribalar o'tkazgan va dissertatsiya ishida oz miqdordagi hayot uchun zarur bo'lgan noma'lum modda bor degan xulosaga kelgan. O'sha paytda Luninning xulosasi ilmiy jamoatchilik tomonidan shubha bilan qabul qilindi.

S vitamini odamlar uchun juda muhimdir. U jarohatni davolashga yordam beradi, xolesterin miqdorini pasaytiradi, yuqumli kasalliklardan himoya qiladi va qon quyilishining oldini oladi. S vitamini ehtiyoji kasallik, stress, toksik ta'sirga duchor bo'lish bilan ortadi. Shuningdek, olimlar S vitamini etishmasligi organizmning qarishini tezlashtiradi degan xulosaga kelishdi.


@har_sohadan_2020
111 viewsedited  10:00
Ochish/sharhlash
2023-04-04 12:40:26
80 yoshli ayol 96 litr qon topshirib rekord o‘rnatdi

Kanadalik Jozefina Mixaylyuk 22 yoshidan donorlik qilishni boshlagan. Uning qon guruhi birinchi va ushbu guruhdagi qonga odatda talab yuqori.

U butun umri davomida jami 96 litr qon topshirib, Ginness rekordlari kitobiga kirdi.

Ayolning aytishicha, umrining so‘nggi kunlariga qadar donorlik qilmoqchi.

Donorlik qoni saraton kasalligini davolashda, organ ko‘chirishda va jarohat tufayli ko‘p qon yo‘qotgan odamlarga yordam berish uchun ishlatiladi.


@har_sohadan_2020
108 viewsedited  09:40
Ochish/sharhlash
2023-04-04 12:20:20
4 yoshli bolakay eng yosh yozuvchi bo‘ldi

Said Rashid Abu-Dabida yashaydi. U “Said ismli fil va ayiq” nomli o‘z mualliflik asarini yozgan. Kitob do‘stlik va mehribonlik haqida. Asar mingdan ortiq namunada sotilgan.

Bolakay eng yosh yozuvchi sifatida Ginness kitobiga kiritildi.

“Men qandaydir yaxshilik qilganimdan xursandman va o‘zim bilan faxrlanaman”, deydi bolakay.


@har_sohadan_2020
105 viewsedited  09:20
Ochish/sharhlash
2023-04-04 12:01:35
Daraxtning yoshini yillik halqalariga qarab, sutemizuvchilarni – tishi tushishiga qarab, baliqlarning yoshini esa – tangachalariga qarab aniqlash mumkin.

@har_sohadan_2020
215 viewsedited  09:01
Ochish/sharhlash
2023-04-04 11:01:56
Bugun 4-aprel - Dushning tug’ilgan kuni

Avvallari dush vazifasini sharsharalar bajargan. So'ng ko'p asrlar odamlar yog'och bochkalardan suv olib o'zlariga quyishgan. Zamonaviy dush namunasi 1810-yil 4-aprelda paydo bo'lgan. Uning balandligi 3,5 metrdan sal ortiq bo'lib, tepa va pastda joylashgan tog'ora-rezervuarlaridan tashkil topgan. Pastki rezervuardagi suv quvur orqali tepaga ko'tarilib, yuvinayotgan kishining ustiga quyilgan. U bilan birga, hammomni sachragan suvdan asrovchi parda ham o'ylab topilgan. U bir vaqtning o'zida sochiq vazifasini ham bajargan.


@har_sohadan_2020
444 viewsedited  08:01
Ochish/sharhlash
2023-04-04 10:02:21
2 Soniya ichida qabul qilingan qarorlarning 99%i to'g'ri chiqadi!

3 kun davomida qabul qilingan qarorlarning esa 60%i noto'g'ri chiqadi!

Sababi inson 3 kun davomida o'ylashi natijasida haddan tashqari ko'p energiya yo'qotadi!


@har_sohadan_2020
379 viewsedited  07:02
Ochish/sharhlash