Get Mystery Box with random crypto!

Akmal Sharopov yana sudga olib kelinmadi Bugun 11-oktabr kuni | HAQSÖZ

Akmal Sharopov yana sudga olib kelinmadi

Bugun 11-oktabr kuni soat 16:00 Navoiy viloyati Jinoyat Ishlari bo’yicha Sudida Akmal Sharopovning ishini tergov tartibida ko’rib chiqish boshlandi.

Bu gal ham mahkumning o’zi sudga olib kelinmadi.
Akmal Sharopov sudda onllayn tarzida ishtirok etib, unga nisbatan ruhiy bosimlar bo’layotganligini va jismoniy bosim qilish bilan tahdid qilishayotganligini, hamda unga nisbatan Jazoni Ijro Etish Muassasasida turli xil fitnalar va o’yinlar uyushtirishayotganligini aytgan.

Eslatib o’tamiz, ayni paytda Akmal Sharopov Navoiy viloyati 11-sonli JIEMda jazo muddatini o’tamoqda.

Shu yilning 11-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi unga nisbatan ochilgan barcha soxta jinoyat ishlarini bekor qilib, appelyatsiya instansiyasida tergov tartibida qayta ko’rib chiqish uchun ajrim chiqardi.

@haqsoz