Get Mystery Box with random crypto!

Akmal Sharopov DXX xodimi tomonidan kaltaklandi 30- sentyabr | HAQSÖZ

Akmal Sharopov DXX xodimi tomonidan kaltaklandi

30- sentyabr kuni Akmal Sharopovning onasi, facebook messengeri orqali o’g’lining DXX xodimi Aziz Xudoyorov tomonidan kaltaklanganligini Haqsözga ma’lum qildi.

Bugun 4-oktabr 12:00 da Navoiy viloyatida huquq faoli Akmal Sharopovning navbatdagi Sudi bo’lishi kerak edi.

Ammo mahkum Akmal Sharopovning o’zi Sud binosiga olib kelinmaganligi uchun Sud majlisi noma’lum muddatga qoldirildi.

Bundan 5 kun avvalroq, 30-sentyabr kuni Akmal Sharopovning facebookdagi profilini yuritayotgan onasi Gulnora Sharopova messenger orqali Navoiy viloyati 11- JIEM da jazo muddatini o’tayotgan o’glini kaltaklashgani haqida xabar qilgan edi.

Uning yozishicha, o’g’liga nisbatan JIEMda soxta ayblov ochishga urinish uchun fitna chiqarishgan va Aziz Xudoyorov ismli DXX xodimi Akmal Sharopovni kaltaklagan.

Ayni paytda kaltaklangan Akmal Sharopovning ahvoli og’ir bo’lganligi sababli Sud majlisiga olib kelinmaganligi ehtimoli mavjud.

Eslatib o’tamiz, shu yilning 11- avgust kuni Oliy Sud Akmal Sharopov ishini ko’rib chiqib, unga nisbatan ochilgan soxta ayblovlarni bekor qilib, tergovga qaytargan edi.

@haqsoz