Get Mystery Box with random crypto!

Tergov davomida Fozilxo’ja Orifxo’jayev kaltaklanmoqda Ayni p | HAQSÖZ

Tergov davomida Fozilxo’ja Orifxo’jayev kaltaklanmoqda

Ayni paytda terrorizmga a’loqadorlikda gumonlanib tergov qilinayotgan blogerni tergov qilish jaryonida Ichki Ishkar xodimlari kaltaklashmoqda.

Og’ir qiynoqlar va ruhiy bosimlar tufayli Fozilxo’ja Orifxo’jayevning sog’ligi yomonlashib, bir necha marta yurak hurujiga uchragan va mikro infarkt o’tkazgan.

“Xotinini olib kelib zo’rlash” kabi chidab bo’lmas darajadagi ruhiy va jismoniy bosimlar, qiynoqlar qo’llanilayotgan bir paytda blogerning yaqinlari DXXning qattiq tazyiqlari va bosimlari ostida bloger Fozilxo’ja Orifxo’jayevga nisbatan qo’llanilayotgan qiynoqlar haqidagi iddaolarni rad etishga majbur bo’lishyapdi.

Blogerning yaqinlaridan IIB tergovchisi va DXX xodimi facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi Fozilxo’ja Orifxo’jayev himoyasi uchun qilinayotgan aksiyalar va shov-shuvlarni “tinchitish”ni buyurgan.

Bironta xabar ya’ni qiynoqlar va soxta jinoyat ishi haqidagi ma’lumotlar tarqalib ketsa, blogerni uzoq muddatga qamab yuborishlarini aytib, tahdid qilib kelishmoqda.

Fozilxo’ja Orifxo’jayevga nisbatan qo’llanilayotgan kaltaklar va qiynoqlarning tasdig’ini quyidagi videodagi blogerning turmush o’rtog’i tomonidan prezidentga qilingan murojaat orqali ham bilib olishingiz mumkin.

Murojaatida turmush o’rtog’ining so’zlarini keltirarakan Zulfiya Raximova shunday deydi:
“Men ruhiy bosim va kaltaklardan o’lib ketishdan qo’rqmayman, farzandlarimning kelajagi va tarbiyasidan xavotirdaman”.