Get Mystery Box with random crypto!

XALQ BIRLASHIB BUYUK DAVLAT QURARMIKAN?!? G‘AFLAT BOSIB UHLAMA | Haqiqat va Taraqqiyot SDP

XALQ BIRLASHIB BUYUK DAVLAT QURARMIKAN?!?
G‘AFLAT BOSIB UHLAMASDAN TURARMIKAN?!?

Bir-birimiz go‘shtimizni, itday yesak,
San qishlaqi, san shaharlik deyaversak,
O‘zim bo‘lay deb, besh qo‘lni tiqaversak,
XALQ BIRLASHIB BUYUK DAVLAT QURARMIKAN?!?
G‘AFLAT BOSIB UHLAMASDAN TURARMIKAN!?!

Radar olib yurtodishini sotib tursa,
Bachchabozlar oldimizda qo‘rqmay yursa,
Korrupsiya botqog‘ida hamma suzsa,
XALQ BIRLASHIB BUYUK DAVLAT QURARMIKAN?!?
G‘AFLAT BOSIB UHLAMASDAN TURARMIKAN?!?

O‘zligini bilmagan xalq, qulday bo‘lar,
O‘z huquqin bilmagan xalq, qulday bo‘lar,
Bu ketishda ketaversak, qanday bo‘lar?!?
XALQ BIRLASHIB BUYUK DAVLAT QURARMIKAN?!?
G‘AFLAT BOSIB UHLAMASDAN TURARMIKAN?!?

Ko‘zini katta ochish, vaqti keldi,
Qashshoqlikdan qutilishni payti keldi,
O‘zbek xalqim poshsholardek yasha endi,
Xalq birlashib, BUYUK DAVLAT QURAYLIK EY!!!
Ajdodlarga mos farzandlar, bo‘laylik ey!!!