Get Mystery Box with random crypto!

Qualcomm Snapdragon 898 haqidagi ba'zi faktlar ma'lum bo'ldi | Telefonlar haqida. | Rasmiy kanal

Qualcomm Snapdragon 898 haqidagi ba'zi faktlar ma'lum bo'ldi

Digital Chat Station'ning xabar berishicha, Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi flagman Qualcomm Snapdragon 898 protsessorini ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. U 4 nanometrli texnologiya yordamida ishlab chiqariladi va 8 yadroli protsessor, Adreno 730 grafik tezlatgichiga ega bo'ladi. Protsessor 3 GHz chastotaga ega Cortex-X2 asosidagi asosiy yadroni, 3 ta 2,5 GHz'li Cortex-A710 yadro hamda 1,79 GHz'li to'rtta energiya tejaydigan Cortex-A510 yadrosida ishlaydi.

Qualcomm Snapdragon 898, katta ehtimol, bilan 2021-yil dekabr oyida Qualcomm'ning an'anaviy yillik sammitida namoyish etiladi.

@Haqida_Telefonlar