Get Mystery Box with random crypto!

Sulton Xorun ar-Rashid oʻz huzuriga kirgan devona Bahlulning s | ✨Happiness✨

Sulton Xorun ar-Rashid oʻz huzuriga kirgan devona Bahlulning salomiga alik olmabdi.
– Qayerdan kelayapsan, ey devona?! – debdi u kamiga kibr bilan.
Shunda devona Bahlul unga maʼnodor jilmayib:
– Goʻristondan! – deya javob beribdi.
– U yerning nimasi qiziq ekan? – sulton ajablanibdi.
Bahlul aytibdi:
– Shunisi qiziqki, men goʻristonda chirib yotgan jasadlarni bir-bir qarab chiqdim. Lekin sulton jasadining qulnikidan, boy suyagining kambagʻalnikidan farq qiladigan biror joyini sira topolmadim!