Get Mystery Box with random crypto!

Avtokratlarning kuch ishlatishdan boshqa chorasi qolmaganda, u | Hamid Sodiq | Rasmiy kanal

Avtokratlarning kuch ishlatishdan boshqa chorasi qolmaganda, ular buni amalga oshirishni hukumatga bilvosita aloqador guruhlar bilan amalga oshiradi. Bu orqali hukumat zoʻravonlikka aloqasi va hattoki xabari yoʻqligini davo qilishi mumkin.

Zamonaviy diktatorlar odatda jang sanʼati ustalari va bezori guruhlardan muxolifatni qoʻrqitish uchun foydalanadi. 2013-2014 yillarda Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich Yevropa ittifoqiga qoʻshilishni talab qilgan namoyishlarni bostirishda 20 000 kishidan iborat boʻlgan xususiy armiya – “Titushki” (guruh boshchisi Vadim Titushko nomi berilgan) harbiy tashkilotidan foydalangan edi. Huddi shunga oʻxshash usul Ugo Chavez va uning davomchisi Nikolas Maduro tomonidan ham qoʻllanilgan. Venesuela rahbarlari “kolektivos” nomi bilan tanilgan bezori guruh yordamida hukumatga qarshi boʻlgan faollarga nisbatan zoʻravonlik ishlatgan.

Aslida muxolif guruhlarni qoʻrqitish uchun bezori guruhlardan foydalanish XX asr diktatorlari tomonidan tez-tez qoʻllanib turilgan usul hisoblanadi. Bir qancha Lotin Amerikalik avtokratlar bezori guruhlar va mafiyalarni qoʻllab-quvvatlagan. Ayni usul Afrikalik diktatorlarga ham muxolif guruhlarni yoʻq qilishda qoʻl kelgan.

Zamonaviy diktatorlar uchun bu amaliyotni qoʻllash ancha xavfli va shu sabab undan faqatgina noiloj vaziyatlarda foydalaniladi. Jamiyat va OAV murakkablashib borar ekan, bu usulni qoʻllash qiyinlashib boraveradi. Chunki axborot oqimi tobora jadallashib borayotgan bu davrda jinoiy guruhlar va hukumat orasidagi aloqalarni yashirish juda mushkul vazifadir.

Ukrainada jurnalistlar qisqa muddat ichida “Titushki” guruhining hukumat bilan aloqador ekanligini aniqlashgan va bu hodisa Yanukovich rejimi qulashini yanada tezlashtirgan. Zoʻravonlikni jinoiy guruhlar orqali amalga oshirish uchun uni xalqaro tashkilotlar tomonidan tanqidga uchramaydigan va ichkarida surishtiruv ishlariga sabab boʻlmaydigan tor miqyosda yashirincha qoʻllashni talab etadi.

"Manipulyativ diktatorlar: 21 asrda Tiraniyaning o'zgaruvchan qiyofasi"

@Hamid_Sodiq